10-12-2019 | 12:28

«Khantex Group» kompaniyasi O‘zbekistonda eng innovasion paxta-tekstil klasteri deb e'tirof etildi

3 dekabr' kuni “Poytaxt” biznes markazida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va klasterlarining 2020 yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri maslahatchisi N.Otajnov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv ho‘jaligi vazirligi, “O‘zkimesanoat” AJ, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi, “Agrobank” ATB, “JOHN DEERE”, “Case New Holland” kompaniyalari va paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminar yakuni buyicha paxta-tekstil klasterlari raxbarlari tashakkurnomalar bilan takdirlandi. «Khantex Group» kompaniyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Respublikada eng innovasion paxta-tekstil klasteri deb e'tirof etildi.

O'zbekiston