20-08-2021 | 05:49

Khantex Group MCHJ “Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor” nomiga sazovor topildi

2021 yil 20 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomlaridan “Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor”, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi” va “Eng yaxshi eksportyor” degan nomlarga munosib deb topilgan 100 nafar tadbirkorlarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.

Shu qatorda, bizning Khantex Group MCHJ “Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor” nomiga sazovor topilib, Prezidentimiz tomonlaridan taqdim etilgan minnatdorchilik xatlari bilan taqdirlandi.

Minnatdorchilik xatlarini Bosh vazir o‘rinbosarlari Jamshid Qo‘chqorov hamda Sardor Umurzakovlar topshirishdi.

Tashkilotimiz nomidan bizni qo‘llab – quvvatlab, xurmat qilgan barchaga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shu o‘rinda, bundan keyin yana-da shijoat bilan ishlashga, tashkilotimizning barcha xodimlari bilan birgalikda yuqoriroq pog‘onalarga intilamiz. Bu g‘alaba barchamizniki.

O'zbekiston