27-05-2021 | 23:59

“KHANTEX GROUP” KORXONASIGA JURNALIST VA BLOGERLAR ISHTIROKIDA NAVBATDAGI PRESS TUR O‘TKAZILDI

Yurtimizdagi eng yirik korxonalardan biri hisoblangan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Khantex Group” korxonasida, 50 nafardan ortiq jurnalist va blogerlar ishtirokida navbatdagi press tur bo‘lib o‘tdi.

Korxona faoliyati bilan bevosita tanishib chiqqan press tur qatnashchilari “Khantex Group” korxonasi taʼsischisi Nabijonov Zokirjon Nabiyevich tomonidan korxonani tashkil etishning ilk bosqichlaridan bugunga qadar bo‘lgan jarayonlar haqidagi maʼlumotlar berildi.

Barcha katnashuvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Kelgusida ham shunga o‘xshash press tur doimiy ravishda o‘tkazilishi aytib o‘tildi.

O'zbekiston