06-12-2019 | 12:21

Khantex Group MCHJ Polshada o'tkazilgan " Fast Textile" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etdi

Khantex Group MChJ mas’ul hodimlari tomonidan 2019 yil 20-22 noyabr kunlari Varshavada (Polsha) bo'lib o'tgan "Fast Textile" xalqaro ixtisoslashtirilgan ko'rgazmasi doirasida ko'rgazma ishtirokchilari - Polsha, Chexiya, Niderlandiya, Turkiya va Pokiston to'qimachilik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi.

Har yili o'tkaziladigan "Fast Textile" yarmarkasi - bu to'qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechaklarning ulgurji savdosi sohasida faoliyat yuritayetgan korhonalar uchun uzaro aloqalar o'rnatish va yaqin savdo aloqalarini o'rnatish uchun kulay xalqaro maydon vazifasini utaydi. To'qimachilik forumi to'qimachilik sanoatida qo'llaniladigan texnologiyalar va maxsus strategiyalar bo'yicha ko'plab ma'ruzalar va seminarlarni o'z ichiga oladi. Umuman olganda, ko'rgazma dunyo to'qimachilik sanoatining 2020 yil bahor-yoz mavsumidagi asosiy tendentsiyalarini (naqshlar, ranglar, tuzilmalar, materiallar) kuzatish imkonini berdi va ko'rgazma ishtirokchilariga kiyim-kechak, shu jumladan to'qimachilik, ip-kalava, aksessuarlar, tikuvchilik jihozlari va mashinalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan narsalarni buyurtma qilish yoki sotib olish imkoniyatini berdi. Bu yil to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar sohasidagi ishtirokchilar soni - 250 dan ortiq bulib rekord darajada qayd etildi.

Tashrif natijasida to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulgurji sotishga ixtisoslashgan Entex (Chexiya) kompaniyasi bilan 44 tonna Ne 20/1 OE ipni sinov partiyasini etkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi, shuningdek, kelgusida qattiq mato va trikotaj matolarni etkazib berishga kelishib olindi.

O'zbekiston