31-05-2021 | 09:23

Khantex Group 3 - Хalqaro to‘qimachilik va moda sanoatining "UzTextile Expo Весна 2021" ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Khantex Group “Uzekspomarkaz” da 2021 yil 27-29 may kunlari bo‘lib o‘tgan 3 - Хalqaro to‘qimachilik va moda sanoatining "UzTextile Expo Весна 2021" ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Hozirgi paytda "UzTextile Expo" - bu ishtirokchilar va mehmonlarning xalqaro tarkibiga ega bo‘lgan to‘qimachilik va moda sanoatining O‘zbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasidir.

Tadbirda Markaziy Osiyo va jahon to‘qimachilik sanoati etakchilarining yutuqlari va yangiliklari butun texnologik zanjir bo‘ylab - ipdan boshlab tayyor kiyim va aksessuarlarga qadar yana bir bor tanishtirildi. O‘zbek paxtasidan turli xil mahsulotlar namoyish etildi: ip, mato, trikotaj mato, kiyim - kechak, uy to‘qimachilik mahsulotlari va boshqalar.

Ko‘rgazmada 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishdi, ular flagmanlardan va paxta-to‘qimachilik klasterlaridan tortib, kichik biznes vakillari uchun mahsus maydongacha.

Ushbu tadbir doirasida Khantex Group vakillari ko‘rgazma ishtirokchilari bo‘lgan Rossiya, Belorusiya, Qozog‘iston va Xitoy to‘qimachilik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdilar. Ko‘rgazma tashkilotchisi  Iteca Exhibitions "Khantex Group" ni eng yaxshi ko‘rgazma stendi dizayni deb topdi.

O'zbekiston